
O’qituvchilar Uchun Dasturlash Seminari
Seminarga qatnashing va o’quvchilarga musiqa orqali ijodiy dasturlash bo’yicha ta’lim berishni o’rganing. Seminar o’zbek tilida bo’lib o’tadi. Qatnashish uchun anketani to’ldiring.
Loyiha haqida
EarSketch Ilovasi
EarSketch talabalarga dasturlashni musiqa miks qilish orqali JavaScript yoki Python dasturlash tillarini o’rgatuvchi ilova. EarSketch’ni AQSh ning eng nufuzli universitetlaridan biri Djordgiya Texnologyia Institui (Georiga Institute of Technology) tadqiqotchilari tomonidan ishlangan. Batafsil (inglizcha)


Tajribasiz Ish Boshlash
EarSketch’da ishlashni boshlash uchun hech qanday dasturlash tajribasi kerak emas. O’quv qo’llanmasi ilovaning ichida qisqa va qiziqarli ravishda sizga musiqa yaratishni o’rgatadi.

Yangi Musiqa Yaratish
EarSketch tarkibida turli janrlardagi musiqa ovozlari kutubxonasi mavjud. Bundan tashqari, o’zingiz ovoz yuklashingiz yoki yozib olib musiqa yaratishingiz mumkin.

Ochiq va Bepul
EarSketch AQShning Djorjiya Texnologiya Instituti (Georgia Institute of Technology) tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan. Ilova ochiq va bepul.
Ishtirokchilar uchun
Seminar Haqida Ma’lumot
Seminar maktab va litsey o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. Unda qatnashchilar EarSketch da ishlashni va turli o’quv qo’llanmalar haqida ma’lumot oladilar. Seminar Toshkent shahrida, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida bo’lib o’tadi. Seminar sanalari:
- 25 Sentabr, 14:00 dan 18:00 gacha
- 26 Sentabr, 14:00 dan 18:00 gacha

Loyiha Muallifi
Sandjar Kozubayev PhD
Sandjar Kozubayev AQSh’ning Atlanta shahrida faoliyat yuritayotgan tadqiqotchi, dizayner va o’qituvchidir. U Intuit, Deloitte, KPMG va boshqa nufuzli texnologiya va konsalting kompaniyalarida ishlagan. Uning mutaxassisligiga dizayn tadqiqotlari, UX design, ishtirokchi dizayn va xizmat dizayni kabi fanlar kiradi. Janob Kozubayev Fortune 500 ga kiradigan turli sanoat korxonalari bilan, xususan moliyaviy xizmatlar, iste’mol mahsulotlari, farmasevtika, telekommunikatsiya, avtomobil va boshqalarda ishlagan. U quyidagi universitetlarda ta’lim olgan.
- Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti, Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar bo’yicha bakalavr unvoni
- Shotlandiyaning Sent Endryus universiteti (University of St Andrews), iqtisodiyot sohasida magistr unvoni va Chevening granti sovrindori
- Kaliforniya San’at Kolledji (Califonria College of the Arts), Dizayn strategiyasi bo’yicha MBA unvoni
- Djorjiya Texnologiya Institut (Georgia Institute of Technology) raqamli media bo’yicha falsafa doktori (PhD) unvoni
Loyiha muallifi haqida qo’shimcha ma’lumot (ingliz tilida).
Seminarda ishitok etish uchun quyidagi tugmani bosib anketani to’ldiring.
Homiylar va Hamkorlar
Loyihamizning homiylari, hamkorlari va volontyorlariga minnatdormiz!
Bosh Homiy
Ushbu loyiha Chevening Dasturi Bitiruvchilar Jamg’armasi (Chevening Alumni Programme Fund) tomonidan ajratilgan grant asosida amalga oshirilgan.

Ta’lim Hamkori
Ushbu loyiha TATU bilan hamkorlikda va uning bevosita yordami bilan amalga oshirilgan.

Texnik Hamkor
EarSketch ilovasini O’zbek tiliga tarjima qilish va mahalliylashtirish Djordjiya Texnologiya Instituti bilan hamkorlikda amalga oshirlgan.

Ko’p Beriladigan Savollar
Seminarda masofaviy qatnashish mumkinmi?
Yo’q. Bu seminarda masofaviy qatnashib bo’lmaydi. Lekin kelajakda masofaviy seminar rejalashtirmoqdamiz. Qo’shimcha ma’lumot uchun ushbu sahifani kelajakda tekshirib turing.
Seminarga ishtirokchilar qanday saralanadi?
Ishtirokchilar anketa javoblarga asoslangan xolda saralanadi. Bunda biz ishtirokchining tajribasi va maqsadlarini inobatga olib ularni taklif qilamiz. Auditoriyada joy cheklanganligi uchun hamma xohlovchilarni taklif qila olmaymiz.
Belgilangan sanalardan tashqari yana seminarlar bo’ladimi?
Yoq. Hozircha boshqa seminarlar rejalashtirilmagan.
Ishtirok etish uchun dasturlash tilini bilish shartmi?
EarSketch bo’yicha seminarimiz maktab va litsey informatika o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. Vaqtdan samarali foydalanish uchun, ishtirokchi JavaScript yoki Python tillari (yoki shunga o’xshash tillar) bilan ishlash tajribasi bo’lishi kerak.
Seminarda qatnashmasdan o’quv materiallaridan foydalansa bo’ladimi?
Ha. EarSketch ilovasining o’zbekcha versiyasini har kim ishlata oladi. O’quv dasturi ilovaning ichida berilgan va uni o’zingiz sekin asta o’rganib olishingiz mumkin.
Seminar pullikmi?
Yo’q. Seminar bepul.